Qisqacha
Plastik doorhanger – bu oddiy qog‘oz versiyasining zamonaviy va uzoq muddatli o‘rnini bosuvchi variantidir. Qalinligi 1 mm bo‘lgan plastik materialdan tayyorlanadi, shuning uchun u namlikka, yirtilishga va tez eskirishga bardoshli. Razmeri 85x226 mm bo‘lib, universal eshik tutqichlariga mos tushadi.
Bosma UV texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi, bu esa dizaynning tiniq, ranglarning esa yorqin va uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Dizaynni istalgan ko‘rinishda, brendingizga mos qilib tayyorlash mumkin.
Bu mahsulot mehmonxonalar, ofislar, o‘quv markazlari va turli xizmat ko‘rsatuvchi maskanlar uchun ayni muddao. Qog‘oz doorhangerga qaraganda plastik versiya ko‘rinishda ham, sifatda ham ancha professional bo‘lib, joyingizga jiddiylik va tartib baxsh etadi.