Qisqacha
Bizning posterlarimiz – nafaqat bezak, balki qadriyatlaringizni ifoda etuvchi kuchli vositadir. Har bir posterning hajmi 60x40 sm bo‘lib, devordan 3 sm uzoqlikda maxsus boltlar orqali ushlab turiladi. Barcha turlari UV texnologiyasida pechat qilinadi va istak bo‘yicha ustanovka xizmati ham taqdim etiladi (alohida to‘lov evaziga).
Posterlar 4 xil materialda ishlab chiqariladi:
Faner yog‘och – tabiiylik va milliy ruhni his qilishni istovchilar uchun.
Yod oyna – zamonaviy dizayn va yorqin ranglarni qadrlovchilar uchun.
Seriy oyna – jiddiylik va korporativ uslubni afzal ko‘ruvchilar uchun.
Oddiy oyna – klassik ko‘rinishni yoqtiradigan va hamyonbop yechim izlaydiganlar uchun.
Posterlarimiz:
Ofis va kompaniyalar uchun – brend qadriyatlarini aks ettirishda.
Ta’lim muassasalari uchun – motivatsion shior va eslatmalar sifatida.
Do‘kon va xizmat markazlari uchun – mijozlarga ishonch bag‘ishlashda.
Shaxsiy interyer uchun – uy va studiyalarga estetik ko‘rinish berishda eng yaxshi tanlovdir.
Poster – bu shunchaki devor bezagi emas, balki qadriyatlaringizni ifoda etuvchi san’at asaridir.